Kiryalash

metallarga bosim bilan ishlov berish

Kiryalash (arabcha, kirya — tortish) — metallarga bosim bilan ishlov berish; metallni maxsus qurilma — kirya teshigi (filyer) orqali tortib oʻtkazish. K. natijasida metall zagotovka (sim, chiviq va boshqalar)ning koʻndalang kesim yuzi kichrayadi, oʻzunligi ortadi, sirtining sifati va mexaniq xossalari yaxshilanadi. K. poʻlat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan turli shakldagi trubkalar, diam. 0,002 mm gacha boʻlgan simlar, 100 mm gacha boʻlgan chiviqlar tayyorlashda qoʻllanadi. Kiryalash jarayoni maxsus qurilma - kirya l a sh s t a n i da amalga oshiriladi. K. stanining asosiy qismlari — kirya (teshikli qurilma) va tortish qurilmasi. Metallni toʻgʻri chiziq boʻyicha tortib choʻzadigan va kiryalangan metallni barabanga oʻraydigan K. stanlari boʻladi. Stanni harakatlantirish usuliga koʻra, zanjirli, reykali, gidravlik, barabanlar soni boʻyicha bir barabanli va koʻp barabanli turlarga boʻlinadi. K. stanining tortish kuchi — 1 kN dan, 2,5 MN gacha.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil