Kislorod bilan kesish, gaz bilan kesish, avtogen bilan kesish — metall buyumlarni gaz alangasida erish temperaturasidan birmuncha past temperaturagacha qizdirib kislorod oqimida kesish. Bunda metallning kesiladigan joyi yonadi, metall oksidlari va erigan metall soplodan chiqadigan kislorod oqimida puflab ketkaziladi. Qizdirishda koʻpincha atsetilen, vodorod, benzin (baʼzan elektr toki)dan foydalaniladi. Past va oʻrtacha legirlangan poʻlatlar (qalinliti 1–300 mm) Kislorod bilan kesish k. ga moyilligi yaxshi. Xromli poʻlat, choʻyan va rangli metallarni kesishda flyus qoʻllanadi. Flyus sifatida metall va metalmas material kukunlari ishlatiladi. Kislorod bilan kesish k.da metallar maxsus asbob — kislorodli keskich bilan qoʻlda yoki mashinada kesiladi. Kislorod bilan kesish k. mashinasozlik, qurilish, metallurgiya va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil