Kislota-ishqor muvozanati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kislota-ishqor muvozanati, kislota-ishqor balansi yoki kislota-ishqor holati — organizm ichki muhitidagi vodorod koʻrsatkichi (pH)ning nisbiy doimiyligini vujudga keltiruvchi fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlar yigʻindisi. Moddalar almashinuvida hosil boʻladigan kislotali va asosli (ishqorli) mahsulotlar qonga oʻtib turishiga qaramay, soglom odam qonidagi pH 7,35—7,47 chamasida boʻladi. Hayotiy jarayonlar normal boʻlishi uchun organizm ichki muhitidagi pH qiymati doimiy boʻlishi shart. pH 6,8 dan past va 7,8 dan yuqori boʻlsa, organizm yashay olmaydi. Qonning bufer sistemalari va organizmning koʻpgina fiziologik sistemalari K.-i.m.da qatnashadi. Qonga kuchli kislota (mas, xlorid kislota) qoʻshilsa, bikarbonat bilan reaksiyaga kirishib, kuchsiz karbonat kislota hosil qiladi, u esa muhitdagi pH ni oʻzgartirmaydi. K°nga kuchli asos qoʻshilsa, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishib, bikarbonat hosil qiladi, bu esa qondagi pH ni deyarli oʻzgartirmaydi. Konda karbonat kislota miqdori koʻpayganda oʻpka orqali, bikarbonat miqdori koʻpayganda esa buyrak orqali chiqib ketadi. Qondagi pH ning kislota tomonga siljishi atsidoz, ishqrr tomonga siljishi esa alkaloz deb ataladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |