Kislotabardosh materiallar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kislotabardosh materiallar— kislotaga chidamli materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik) xillarga boʻlinadi. Metall Kislotabardosh materiallarga temir asosidagi qotishmalar (yuqori legirlangan va uglerodli poʻlatlar, choʻyanlar), rangli va nodir metallar (mas, nikel, mis, alyuminiy, titan, sirkoniy, oltin, platina) va ularning qotishmalari kiradi. Metallmas (anorganik) Kislotabardosh materiallar, odatda, silikat kislotalar toʻzlaridan iborat boʻladi. Bunday materiallarga tosh holatda quyilgan materiallar, silikat va kvars shishalar, kislotabardosh beton va sementlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, emallar va togʻ jinslari — asbest, granit, beshtaunit, andezit va boshqa kiradi. Organik Kislotabardosh materiallar — polietilen, polivinilxlorid, polipropilen, ftoroplastlar, sintetik kauchuk asosidagi rezinaning baʼzi turlari va boshqa eng keng tarqalgan. Kislotabardosh materiallar kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida, mashinasozlik hamda elektrotexnikada qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |