Kitob dunyosi“ – axborot maʼlumot gazetasi. Toshkent shahrida oyda 2-marta oʻzbek va rus tillarida chiqadi. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi markazi. 1-soni 2001-yil 8 dekabrda nashr etilgan. „Kitob dunyosi“ oʻquvchilarni Oʻzbekiston kitob bozoridagi yangiliklardan xabardor etadi, mamlakat nashriyotlarida chop etilayotgan muhim kitob va risolalar toʻgʻrisidagi dolzarb maʼlumotlarni mutaxassis va kitobxonlarga tezkorlik bilan yetkazadi, kitoblarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib, tahlil etib boradi, ilgʻor noshirlik faoliyatini yoritadi, kitob hamda boshqa noshirlik mahsulotlarini reklama qiladi. Adadi 1500 (2002)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil