Joseph Frank "Buster" Keaton (1896.4.10, baʼzi maʼ-lumotlarga koʻra 1895—1966.1.2) — mashhur amerika komik aktyori va kinorej. "Uch davr", "Bizning mehmondoʻstligimiz", "Sherlok-kichkina", "General" kabi komediya — filmlarda oʻynab (rej. ham oʻzi) dunyoga tanildi. U ekranda "hech qachon kulmaydigan", harakatsiz, sovuqqon, ehtirossiz inson niqobini yaratdi va kino sanʼatida oʻziga xos uslub bilan tanildi. Filmlarining asosiy mavzusi — Keaton qahramonining bu adovatli dunyoda yolgʻizligidir. "Bester Kiton tarixi" nomli montajli film (maslahatchi oʻzi boʻlgan, 1957) muvaffaqiyatidan soʻng u (oʻzoq tanaffusdan keyin) yana kinoga qaytdi va "Bu telba, telba, telba dunyo" (1963), "Forumga borishdagi kulgili voqealar" (1966) filmlarida suratga tushdi. "Oskar" mukofotining laureati (1959).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil