Kivisimonlar, qanotsizlar (Apterygiformes) — qushlar turkumi. Tojsuyaksiz qushlar (tuyaqushsimonlar katta oilasi)ga yaqin turadi. Qanoti rivojlanmagan, dumi yoʻq. Oyoqlari baquv-vat, toʻrt barmokli, tumshugʻi uzun; kattaligi tovukdek, ogʻirligi 1,4—4 kg. 3 turi bor. Yangi Zelandiyada tarqalgan. Qalin butazorlarda yashaydi, toʻngi monogam qush. Yiliga 2-marta urchiydi. Yerga yoki ildizlar ostiga uya quradi. 1-2 ta yirik tuxum qoʻyadi. Tuxumni nari 75—P kun bosadi. Tuxumdan jish joʻja chiqadi. Chuvalchanglar, hasharotlar, oʻsimlik urugʻlari va toʻkilgan mevalari bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil