Kizevetter Rafael Georg
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kizevetter Rafael Georg (1773.29.8, hozirgi Toleʼshov, Chexiya — 1850.1.1, Vena yaqinidagi Baden shahri) — avstriyalik musikashunos. Antik musiqa nazariyasi, Oʻrta asr Yevropa mamlakatlari (ayniqsa, Niderland) musika tarixiga oid tadqiqotlar olib borgan. Bolaligidan musiqaga oid risola va qoʻlyozmalar toʻplab, Yevropada Sharq mu-siqasi haqida ilk maʼlumotlar beruvchi "Die Musik der Araber" ("Arab musiqasi") nomli asari 1842-yilda Leypsigda nashr etilgan. Sharq musiqasini sharhlashda Kindiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy kabi olimlarning musiqaga doir asarlaridan unumli foydalangan. Tadqiq doirasi va uslubi bilan qator musiqashunoslar, xususan, A. Ambros (1836—74)ga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. 1821—43 y.lari Venadagi Musika doʻstlari jamiyati vitse-prezidenti sifatida Sharq, ayniqsa, arab mamlakatlari musiqasini targʻib etgan. Niderland akademiyasi mukofoti sovrindori (1826).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |