Klaus Augenthaler
Klaus Augenthaler (nemischa: Klaus Augenthaler ; 1957-yil 26-sentyabr, Fyurstenzell, Gʻarbiy Germaniya) — nemis futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Klaus Augenthaler | ||
Tavallud sanasi | 26-sentyabr 1957-yil | ||
Tavallud joyi | Fürstenzell, G'arbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1964-1975 | FC Vilshofen | ||
1975-1976 | Bayern Munich | ||
Total | 404 | (52) | |
Xalqaro medallar |
Faoliyati
tahrirU butun umrini " Bavariya "ga bagʻishlagan, 16 yilni klubda oʻtkazgan. U yetti marta Germaniya chempioni boʻlgan hamda uch marta kubokni qoʻlga kiritgan. Yetti yil davomida u „Bavariya“ sardori boʻlgan. U klub safida jami 404 ta o‘yin o‘tkazgan va 52 ta gol urgan. Futbol maydonida u markaziy himoyachi pozitsiyasini egallagan. Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib boʻlgan va kumush medal sohibiga ham aylangan.
Faoliyatining oxirida u „Bavariya“ murabbiylar shtabiga kirgan va ikkinchi jamoaga ustozlik qilgan. U uch mavsum davomida Avstriyaning GAK va Nyurnberg klublarini boshqargan. 2003-yildan 2005-yilgacha u „ Bayer Leverkuzen“ga Bundesligada jon saqlab qolishga yordam bergan. 2006/07-yilgi mavsumda u " Volfsburg "ni boshqargan, biroq hech qanaday sovrin yuta olmagan.
1991-yilning 24-aprelida " Crvena Zvezda "ga qarshi o‘yinda aynan Klaus Augenthalerning so‘nggi daqiqalardagi avtogoli „Bavariya“ni yevrokubok finalisiz qoldirgan.
Augenthaler Germaniya Bundesligasida bitta oʻyinda 4 marta almashtirishni amalga oshirgan yagona murabbiy hisoblanadi. 1996-yil 18-mayda " Fortuna Dyusseldorf "ga qarshi mavsumning so‘nggi o‘yinida u „Bavariya“ bosh murabbiyi Frans Bekkenbauerni oʻrniga murabbiylik qilgan[3]. Tanaffus paytida Augenthaler uchta maydon oʻyinchisini almashtirgan, shuningdek, Oliver Kan oʻrniga Maykl Probstni maydonga tushirgan. Uchrashuv bosh hakami Luts Vagner murabbiyning xatosini payqamagan va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Biroq „Fortuna“ o‘yin natijasiga apellyatsiya bermagan, chunki so‘nggi turga qadar har ikki jamoa ham o‘z turnir jadvaldagi oʻrnini hal qilib bo‘lishgan edi.
Yutuqlari
tahrir- Jahon chempionati gʻolibi: 1990-yil
- Jahon chempionati finalchisi: 1986-yil
- Germaniya chempioni : 1979/80, 1980/81, 1984/85, 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90
- Germaniya kubogi gʻolibi : 1982, 1984, 1986
- Germaniya Superkubogi sohibi (2): 1987, 1990
- Bundesliganing mavsumdagi jamoasiga kiritilgan (2): 1984/1985, 1988/89
Manbalar
tahrir- ↑ „Klaus "Auge" Augenthaler“ (de). fussballdaten.de. Qaraldi: 2010-yil 6-mart.
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y8vL9crKUrMK05LLcpNLMou0SvPL8pJ0c_OSSwt1k0sTU_NK8lIzEkt0i8oyk_LzNEvLshMBXEtTC3NLBgYDM3MDI0MDM1MjBm2FivffeakW3bJ6-7KBMGOeQA4kSSQ&src=102f588&via_page=1&user_type=4a&oqid=c0a6da653f343e99
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS109LTkqsTC3K00vOz9VPSdVPzilN0s_ILC7JL8pM1c9IzMnRzU_TTUvMTdXPzkksLdZNLE1PzSsBSqQWMTAYmpkZGhkYmpkYM0zudtDd7yhyW7S_-JuvNOcDALEdImA&src=e79ca2&via_page=1&user_type=4a&oqid=c0a6da653f343e99