Klavir (nem. Klavier — fortepiano), klaviraussug — 1) opera, oratoriya kabi vokal-simfonik asarlar matni (notasi)ning fortepiano joʻrligida kuylashga yoki fortepianoning oʻzida ijro etish uchun moslashtirilgan shakli; balet partiturasi, baʼzida simfonik va kamer-cholgʻu ansambl asarlarining fortepianoda 1 ta yoki 2 ta pianinochi ijrosiga muljallangan nusxasi; 2) 17—18-asrlarda torli klavishli musiqa cholgʻulari (klavesin, klavikord, fortepiano)ning umumiy nomi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil