Klavishli musiqa cholgʻulari

Klavishli musiqa cholgʻulari — maʼlum tartibda joylashtirilgan klavishlarga barmoklar bilan bosib cha-linadigan musiqa cholgʻulari. Tovush hosil etilishiga qarab, klavishli torli-urma (qad. klavikord, hozirgi fortepiano, royal), klavishli torli-tirnama (klavesin va boshqalar), klavishli pnevmatik damli sozlar (organ), klavishli pnevmatik tilchali (akkordeon, fisgarmoniya), klavishli urma plastinkali (chelesta, qoʻngʻiroqchalar) cholgʻularga boʻlinadi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil