Klavixo (elchi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo (? — 1412.2.4) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko Sh)ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi (tarkibida olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham boʻlgan) rahbari. K. qad. va badavlat xonadonda tugʻilgan. Elchilar 1403-yil 22-mayda Kadis shahridan yoʻlga chiqib, 15 oydan soʻng Samarqandga yetib kelgan. K. tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403—06) bosib oʻtilgan manzillar (Kadis, Balear o.lari, Gaeta, Messina, Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezunt, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik maʼlumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. K.ning safar xotiralari 1-marta 1582 i. Argonte de Molina shahrida "Buyuk Temur tarixi" nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bogʻi Dilkushoda oʻtkazgan qabul marosimi, ushbu bogʻ tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- Klavixo R. G. de, Dnevnik puteshestviya v Samarqand ko dvoru Timura (1403-1406), M., 1990.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |