Klaypeda
Klaypeda (1923-yilgacha Memel) — Litvadagi shahar, Boltiq dengizidagi moʻzlamaydigan port. Klaypeda stansiyasi. Aholisi 205,1 ming kishi (2000). Dengizdan baliq ovlash floti bazasi. Kemasozlik va kema toʻzatish, toʻqimachilik (ip gazlama matolar), sellyuloza-qogʻoz, balik, sanoati korxonalari bor.
Kahrabodan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Konservatoriya, drama teatri, oʻlkashunoslik, dengiz va soat ishi muzeylari, suratlar galereyasi mavjud. 17—18-asr meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. K.ga 1252-yil Memelburg qalʼasi sifatida asos solingan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |