Kler Çaku
Kler Çaku (2010-yil 4-aprelda tugʻilgan) — albaniyalik shaxmatchi.
Faoliyati
tahrirU 11 yoshida 2021-yilgi Albaniya ayollar shaxmat chempionatida 14 karra Albaniya chempioni Eglantina Shabanajdan yarim ochko oʻzib ketib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[1].
Kler Arena xalqaro ustasi hisoblandi[2]. 2021-yil fevral oyida u Lichess platformasida oʻtkazilgan Butunjahon oʻsmirlar shaxmat festivali gʻolibi boʻlgan[3].
2021-yil iyul oyida Kler Çaku 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi „Rudaga-Kaissa 2021“ onlayn turnirida gʻolib chiqgan[4].
2022-yil iyul oyida Saloniki shahrida yoshlar oʻrtasidagi blits yoʻnalishi boʻyicha Yevropa chempionatida qatnashgan. Kler Çaku 12 ochko bilan musobaqani uchinchi oʻrinda yakunlagan[5].
2022-yil 29-iyuldan 9-avgustga qadar u Chennai shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi 44-Ayollar shaxmat Olimpiadasida Albaniya terma jamoasi safida birinchi marta ishtirok etgan va 10 ta oʻyinda 5 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlgan. U shaxmat ustaligiga nomzod boʻlgan (WCM)[6].
2022-yil sentabr oyida Kler Çaku yoshlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Bolqon chempionatida ishtirok etgan hamda standart shaxmat boʻyicha 12 yoshgacha qizlar oʻrtasida Oltin medalni, Open 12 yoshgacha boʻlganlar musobaqasida oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Blits turnirida oltin medalni va 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Rapid turnirida kumush medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[7].
2022-yilning noyabr oyida Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida 2022-yilgi Yevropa chempionlari toji uchun bahslar boʻlib oʻtgan bu musobaqada Çaku magʻlubiyatsiz oʻtkazilgan 9 oʻyinda 6,5 ochko jamgʻarib, musobaqani beshinchi oʻrinda yakunlagan[8].
2023-yilning 21—25-fevral kunlari Kler Çaku Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan qizlar musobaqasida 5 oʻyinda 4,5 ochko toʻplagan holda 1 WORLD CHESS JUNIORS 2023 musobaqasida gʻolib chiqgan[9].
2023-yil sentabr oyida Sloveniyaning TERME CATEZ shahrida RAPID & BLITZ boʻyicha Yevropa yoshlar chempionlari tojini qoʻlga kiritishga muvvafq boʻlgan. Musobaqada shaxmatchi Kler Çaku RAPID turnirida 7 ta gʻalaba va 2 ta durangga imzo chekkan. BLITZ turnirida u xorvatiyalik shaxmatchi bilan bir xil miqdordagi ochko toʻplagan. Bucholz tizimi natijalariga koʻra u ikkinchi oʻrinni egallagan[10].
2023-yil dekabr oyida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Albaniya chempionatida Kler 8 turdan soʻng 6,5 ochko jamgʻargan. U 6 gʻalaba, 1 durang va 1 magʻlubiyat bilan ikkinchi birinchi oʻrinni band etgan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Kampionati Kombetar Individual Femra Finale 2021“. Chess-Results.com. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
- ↑ „Profile Info: Caku, Kler“. FIDE. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
- ↑ „Marcos Manuel Miranda Fernandez and Kler Çaku are winners of Worldwide Festival“. Worldwide Chess. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
- ↑ „FIDE endorsed festival “Rudaga-Kaissa 2021” kicks off in Jurmala“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „European Youth Rapid & Blitz Champions crowned in Thessaloniki.“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „44th Chess Olympiad“ (en).
- ↑ „Kampionati Ballkanik Për të Rinj me grupmoshat U 18-U 8- Cetinje, Mal i zi“.
- ↑ „European Youth Chess Championship 2022 - Girls 12“ (en).
- ↑ „1 WR CHESS JUNIORS 2023 Düsseldorf, Germany“.
- ↑ „22nd European Youth Rapid & Blitz Championship 2023“ (en). www.fide.com.
- ↑ „Kampionati Kombëtar Individual Femra Finale 2023“.