Kliment Timiryazev yodgorligi Moskva, Timiryazev ko‘chasi

Kliment Timiryazev haykali — tabiatshunos olim, oʻsimlik fiziologiyasi boʻyicha mutaxassis Kliment Timiryazev xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik byusti. Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasining parki hududida 1924-yilda oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari — haykaltarosh Mariya Straxovskaya va meʼmor S.G. Chernishev[1][2][3]. 1960-yili yodgorlik davlat muhofazasiga olingan[4].

Bronza byusti toʻrt qirrali qizil granit tagkursiga oʻrnatilgan boʻlib, unda olim asarlaridan quyidagi yozuvlar bitilgan: „Faqat ilm va demokratiya, faqat bilim va mehnat erkin, oʻzaro chambarchas ittifoqqa kirishib, butun insoniyat manfaati uchun hamma narsani yengadi, hamma narsani qayta yaratadi“ va „Bolsheviklar leninizmga intilib, xalq baxti uchun mehnat qiladilar va ularni baxtga yetaklaydilar. Men doim sizniki va siz (bolsheviklar) bilan birga boʻlganman“[5][6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Звягинцев, Карпачевский 2004.
  2. Вострышев 2009.
  3. „Постановление правительства Москвы № 533-ПП «Об упорядочении деятельности по содержанию произведений монументального искусства»“. Официальный портал Мэра и Правительства Москвы (2011-yil 15-noyabr). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  4. „Постановление Совета Министров РСФСР № 1327 «О дальнейшем улучшении дела охраны памятников культуры в РСФСР»“. Министерство культуры Российской Федерации (Минкультуры России) (1960-yil 30-avgust). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  5. Кожевников 1983.
  6. Соболевский 1947.
  7. Вестник 2007.

Adabiyotlar

tahrir