Klodiana Shala (1979-yil 22-avgustda Tiranada tugʻilgan) — albaniyalik yengil atletikachi, 200 metr va 400 metrga yugurish bahslarida ishtirok etadi. Uning shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichlari mos ravishda 23,27 va 52,86 soniyani tashkil qilgan.

Klodiana Shala 2006-yilda Goteborgda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Yevropa chempionati finalida ishtirok etgan. Bu koʻrsatkich shu oʻsha vaqtga qadar Alban sportchilari orasida kuzatilmagan natija boʻlgan[1].

Klodiana toʻrt karra Olimpiadalarda ishtirok etgan. U Albaniyani 2000, 2004 (u yerda bayroqdor boʻlgan), 2008 va 2012-yillarda Olimpiada oʻyinlarida himoya qilgan.

Shala 2002-yil noyabr oyidan beri Olimpiya birdamligi dasturidan moliyaviy grant olib kelmoqda.

U 2005-yilgi Oʻrta Yer dengizi oʻyinlarida 400 metrga yugurish boʻyicha bronza medali sohibi boʻlgan.

Uninng sportchilik faoliyati va sportga qoʻshgan hissasi uchun Klodiana Shalani 2016-yilda Albaniya prezident grossmeyster (Mjeshtër i Madh) unvoni bilan taqdirlagan[2].

2020-yil 19-fevral kuni Xalqaro olimpiya qoʻmitasi 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari davomida Shaladan olingan namunalarda stanozololning taqiqlangan doping moddasi borligini eʼlon qilgan[3].

Shala 60 metr, 100 metr, 200 metr, 400 metr va 400 metr masofalarga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha milliy rekordchi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Klodiana Shala „Vojo Kushi“ Jismoniy tarbiya va sport akademiyasida tahsil olib, u yerni yengil atletika oʻqituvchisi mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan. Bundan tashqari, u Oʻrtayer dengizi universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan[4].

2011—2020-yillar davomida u bir qancha universitetlarda, jumladan Tirana universitetida, Marin Barleti va UET universitetlarida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Klodiana Shala — Albaniya futbol assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha litsenziyaga ega murabbiy hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Klodiana Shala: Si e përjetova lajmin e mjekëve për të braktisur sportin në kulmin e karrierës. Report TV. 7:40.
  2. „Klodiana Shala, mijëra kilometër për të arritur deri këtu“. Class (alban). Tiranë. 14 July 2016. Qaraldi: 29 February 2024.
  3. International Olympic Committee Disciplinary Commission decision regarding Klodiana Shala, International Olympic Committee, 19 February 2020.
  4. Klodiana Shala: Si e përjetova lajmin e mjekëve për të braktisur sportin në kulmin e karrierës. Report TV. 16:40.