Klostridiylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Klostridiylar (Clostridium) - spora hosil qiluvchi bakteriyalar turkumi. Tayoqchasimon, 0,6—1,2x3,0—7,0 mkm, harakatchan, grammusbat. Spora hosil qilish davrida hujayrasi oʻrtasidan shishib, duksimon shaklga kiradi. Anaerob sharoitda uglevodlar, azotli moddalarni bijgʻitadi. Mezofil va termofil organizmlar. 50 dan ortiq turi tuprokda, balchiqda va oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Bir qancha turlari kasallik tugʻdiradi. C. botulinum — botulizm, C. perfringens va C. histolyticum — gazli gangrena paydo qiladi. Ayrim K. atmosfera azotini bogʻlaydi. Saharolitik K. (C. acetobotylicum) dan sanoatda atseton va butanol olishda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |