Kluj universiteti, Babyesh-Bolyay nomidagi Kluj universiteti — Ruminiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Kluj-Napoka shahrida. 1872-yil venger (major) universiteti sifatida tashkil topgan. 1919-yildan Ruminiya universiteti. Mexaniqa, matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, falsafa, tarix, filologiya, huquq, iqtisod va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 6 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1972-yil tashkil etilgan)da 2,5 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil