Koʻmir — yonuvchi organik togʻ jinslariga mansub modda (qarang Toshkoʻmir, Qoʻngʻir koʻmir).[1] So’z eski Turkiy tildagi köñ - (kuymoq, yonmoq) fe’liga qo’shilgan - mur qo’shimchasidan yaralgan.

Koʻmir

Ko’mir Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil bo’lgan. Ko’mir paydo bo’lishining eng uzoq davom etgan bosqichi bundan 250 000 000 yil ilgari boshlangan va taxminan 35 000 000 yil davom etgan Pensilvan davriga to’g’ri keladi. Yer ostidagi ko’mirning qolgan qismi bir million yildan 100 million yilgacha mu-qaddam shakllangan. U davrlar qanday voqea-hodisalar ro’y bergan va ko’mir qanday hosil bo’lgan? Ko’mir Yer qobig’ida tog’ jinslari orasida uzunligi bir necha kilometrgacha va qalinligi uch metrgacha bo’lgan qatlam holida joylashgan. Ko’mir changalzor bot-qoqlarda, issiq namxush iqlim sharoitida bundan yuzlab million yillar ilgari o’sgan qadimgi daraxtlar va o’simliklarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Bunday botqoqlarda tez o’suvchan qamishlar va bahaybat qomatli paporotniklar govlab o’sgan. Bir zamonlarga kelib, ular halokatga yuz tutgan va botqoqlar qa'riga cho’kkan. Bu ularni chirib ketishdan saqlab qolgan. Bakteriyalar daraxtlarning ayrim qismlarini qayta ishlagan, ulardan paydo bo’lgan gaz havoga uchgan. Daraxtlarning asosan ugleroddan iborat qora kuyindi qismi ajralib qolgan. Keyinchalik xuddi shu qism ko’mir qatlamiga aylangan.

Daraxtlarning qora kuyindi qismi ustida g’ovlab-gurkirab o’sgan giyohlar dunyosi bu qatlamlarning qalinligini bir necha metrgacha ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Oxir-oqibatda botqoq joylarni suv bosgach, bu jarayon to’xtaydi. Natijada ko’mir qatlamlarini suvosti cho’kmalari va qum qoplagan. Payti kelib, yuqori qatlamlarning zilday bosimi ostida qatlamlar bag’ridagi suyuқlik siқib chiқarilib, қotishқoқ massaning o’zi qolgan va u asta-sekin sovub, ko’mirga aylangan. Ayrim o’rinlarda bu jarayon bir necha marta takrorlangan. Qoldiqlardan hosil bo’lgan qachlarni suv bosib, tag’in botqoqliklar tug’ilgan. Tag’in o’simlikar dunyosi paydo bo’lgan va yana suv ostida qolgan. Shu tariqa qattiq qotishma holidagi cho’kindi va qum bosqinlari bilan ajralgan ko’mir qatlamlari yaralavergan. Daraxtning ko’mirga aylanishi uchun necha ming yillar talab qilinadi. Ko’mir daraxtdan paydo bo’lganligi oson tasdiqlanadi. Ko’mirning bag’rida paporotnik, daraxt qobiqlari, shuningdek toshga aylangan daraxt tanalari va to’nkalarining asorati saqlanib qolganini aniq-tiniq kuzatish mumkin.

Germaniyaning Garzvayler shahridagi ochiq ko'mir koni. Yuqori aniqlikdagi panorama.

Yana q.

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil