Koʻchatzor
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻchatzor — mevali, rezavor-mevali va boshqa oʻsimliklar koʻchatlar yetishtiriladigan yer uchastkasi. Odatda, K. Z boʻlimdan iborat boʻladi. Birinchi boʻlimda urugʻdan payvandtag yetishtiriladi. Buning uchun olma, nok va behi urugʻlari gektariga 30–40 kg normada ekiladi. Tok, anor, anjir, smorodina, malina va boshqa mevalar koʻchatlari ham qalamchasidan shu boʻlimda yetishtiriladi. Urugʻdan chiqqan niholdar kelgusi yil erta bahorda ikkinchi boʻlimga koʻchiriladi (qator orasini 70—75 sm, qatordagi tup orasini 20— 25 sm qilib ekiladi), tana yoʻgʻonligi 0,8—1 sm ga yetganlari iyul—sentabrda kurtak payvand qilinadi. Danakli meva niholdari urugʻli meva niholdariga qaraganda tez oʻsganidan, ularning danaklari (gektariga oʻrik danagi 180– 800 kg, shaftoli danagi 500–700 kg, olcha, gilos danagi 60–150 kg) toʻgʻridan-toʻgʻri K.ning ikkinchi boʻlimiga ekiladi, oʻsha yiliyoq urugʻli meva nihollari bilan bir vaqtda payvand qilinadi. Kelasi yili erta koʻklamda payvand qilingan joyning ustki qismi kesib tashlanadi, kurtakdan koʻkargan novdaga shakl beriladi (yana qarang Payvandlash). Shunday qilib, K.da qalamchasidan yetishtirilgan koʻchatlar bir yilda, danakli meva koʻchatlari 2 yilda va urugʻli meva koʻchatlari 3 yilda oʻtqazishga tayyor boʻladi. K.ning uchinchi boʻlimida payvandtag yetishtirish uchun urugʻ, payvandtagga ulash va vegetativ koʻpaytirish uchun qalamcha olinadigan daraxtlar va butalar oʻstiriladi. Keyingi yillarda 3-boʻlimda dusen, paradizka va jaydari behi koʻchatlari oʻstirilmoqda. Ularga payvandlangan meva daraxtlari pakana boʻlib, barvaqt hosilga kiradi. Oʻzbekistonda akademik R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining viloyatlarda joylashgan filiallarida yirik K.lar mavjud. Shuningdek, shirkat, pudrat va yakka xoʻjaliklardagi K.larda turli xil mevalar koʻchatlari yetishtiriladi.
Adabiyot
tahrir- Mir za yev M. M., Sobirov M. K,., Meva va tok koʻchatlari yetishtirish, T., 1982; Mirzayev M., Sobirov M. Q., Oʻzbekistonda tokchilik, T., 1979.
Reimboy Masharipov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |