Koʻhisim (fors. — kumush togʻi) — Iloq davlati hududidagi kumush koni (6—11-asrlar). Ohangaron daryosining oʻng qirgʻogʻida, Lashkarak va Loyak soylari boʻyida, Koʻhisim shahri harobasi yaqinida. 20-asrning 20-yillarida geologlar S. F. Mashkovsev va A. P. Kirikov va 60-yillarda arxeolog Yu. F. Buryakovu yerda tadqiqotlar olib borgan. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Qudama va boshqalarning yozishicha, K. oʻrta asrlar sharqida eng yirik kumush konlaridan biri boʻlgan. U yerdan eng koʻp kumush qazib olingan davr 7—9-asrlarga toʻgʻri keladi. "Shosh koni" degan tamgʻa bosilgan tangalar (8-asr) zarbxonasi aynan shu yerda joylashganligi aniqlangan. K.dan kon qazuvchi qullar turar joylari va kon qazishda ishlatiladigan asboblar qoldiqlari topilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil