Koʻhnaqoʻrgʻon — Navoiy viloyati Karmana hududida joylashgan qadimgi aholi punkti. Koʻhnaqoʻrgʻon shimolda Zarafshon daryosi, sharqda Mirzachorbogʻ saroyi hududi, janubda Xonim koni va gʻarbda Navoiy avtoshoh bekati bilan chegaradosh boʻlgan. Koʻhnaqoʻrgʻonning maydoni — 25 gektar. Devorining uzunligi 3.5-4 km, balandligi 7-8 metrni tashkil etgan. „Buxoro tarixi“ asarining muallifi Narshaxiy maʼlumotlariga koʻra, bu yerda jome masjidi boʻlgan. Qadimda qoʻrgʻon aholisi misgarlik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, kulolchilik kabi hunarmandchilik turlari bilan mashgʻul boʻlgan[1].

Koʻhnaqoʻrgʻon
Mahalla
40.1485672148655°0′0″N 65.36843010953363°0′0″E / 40.14857°N 65.36843°E / 40.14857; 65.36843
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{tuman_turi}}} Karmana
Hukumat
Ilk eslatilishi X asr
Koʻhnaqoʻrgʻon xaritada
Koʻhnaqoʻrgʻon
Koʻhnaqoʻrgʻon

XX asr oʻrtalariga qadar Koʻhnaqoʻrgʻonda Toshmachit deb atalgan masjid boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan masjid buzib tashlanadi va yogʻochlari yangi tashkil etilgan molxonalarga ishlatilib yuborilgan. Bu masjid 500 kishini sigʻdira olgan. Toshmachitning uch darvozasi boʻlib, unda toʻylar ham oʻtkazilgan. Koʻhnaqoʻrgʻon markazida tashlandiq saroy qoldiqlari joylashgan tepalik boʻlgan. Bu tepalikda bolalar chorva boqishgan. Mahalliy aholi bu joylarni Ark deb atagan. XX asrning 60-yillarida bu yerlar tekislab yuborilgan. Arkning maydoni salkam chorakam bir gektarni tashkil etgan. Keyinchalik, bu yerda uy-joy qurayotgan kishilar 60-70 sm qalinlikdagi qatlamda sopol siniqlariga duch kelishgan. Shuning uchun, bu yerda Ark boʻlgan fikrlar notoʻgʻri.

Vaqt oʻtishi bilan Zarafshon daryosi oʻz oʻzanini Koʻhnaqoʻrgʻon tomon oʻzgartirgach, aholi manzillari asta-sekin Karmana shahriga koʻchadi. Eski hududlar esa Koʻhnaqoʻrgʻon deb ataladi. Tashlandiq holga kelib qolgan hudud keyinchalik paxta dalasiga aylantiriladi. 1980-yillarda esa aholiga imorat qurish uchun boʻlib berilgan[2]. Hozirgi paytda bu hududlar Karmana shahrining Koʻhnaqoʻrgʻon mahallasi deb yuritiladi.

Manbalar

tahrir
  1. A.Hotamov, Sh.Halilov. Yillar sadosi. Toshkent Adolat 1995 — 12-bet. 
  2. A.Hotamov, N.Bekniyozov. Karmana qadimiy diyor. Toshkent O'zbekiston 2007 — 12-bet. ISBN 978-9943-01-073-3.