Koʻk koʻylak — tashviqot janridagi estrada-teatr tomoshasi. "Jonli gazeta" asosida tashkil boʻlib, 1920—30 yillar keng tarqalgan. Qatnashchilar sahnaga koʻk koʻylak kiyib chiqqanliklari uchun "Koʻk koʻylak" deb nom olgan. "Koʻk koʻylak"chilarga sahna, dekoratsiya, grim va alohida libosning hojati yoʻqligi uchun tomoshalar klublar, zavod va fabrika, oʻquv yurtlarida, shahar maydonlari va dala shiyponlarida koʻrsatilgan. Dasturlari dolzarb mavzularga bagʻishlangan adabiy-badiiy montajlar, badiiy oʻqish, intermediya, xor, raqslardan iborat boʻlgan.

Oʻzbekistonda "Koʻk koʻylak" jamoalari, asosan, klublar va oʻquv yurtlari qoshida tuzilgan. 1925-yil Oʻrta Osiyo universiteti, Toshkent toʻqimachilik kombivati va boshqa joylarda "Koʻk koʻylak" jamoalari faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbek "Koʻk koʻylak" toʻgaraqlari tashkilotchilaridan biri Ali Ardobus boʻlib, u Narimonov nomidagi Toshkent pedagogika bilim yurti qoshida, keyinchalik esa Samarqandda 75 kishilik "Koʻk koʻylak" jamoasini tashkil etdi. 20-yillarning 2-yarmidan Qoʻqon, Namangan, Andijon, Jizzax, Qarshi va boshqa vdaharlarda ham "Koʻk koʻylak" jamoalari tashkil boʻldi. Ishtirokchilari oʻqituvchi va oʻquvchilardan tashkil topgan boʻlib, ular Hamza, Gʻulom Zafariy, Soʻfizoda va boshqalarning asarlarini ijro etishgan. 30-yillar oxiriga kelib, professional teatrlar koʻpaya boshlagach, "Koʻk koʻylak" jamoalari tarqalib ketgan.

Mamajon Rahmonov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil