Koʻkat ekinlar — koʻk holida is-teʼmol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar (koʻk piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va boshqalar). Koʻkat ekinlar qimmatli ozuqa moddalari, vitaminlarga boy. Koʻzda va bahorda ochiq dalada, parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ular bevosita ovqatlarga va konservalarga solib ishlatiladi. Barcha Koʻkat ekinlarning oʻsuv davri qisqa — 30—60 kun davomida mahsulot isteʼmol uchun tayyor boʻladi. Koʻkat ekinlarlar tez yetilishi sababli koʻp marta urugʻini sepib yil boʻyi barra koʻkat yetishtirish imkoniyati bor. Koʻkat ekinlar unumdor, nam yetarli tuproklarda yuqori hosil beradi. Piyoz, barra sarimsoq, ismaloq sovuqqa chidamli (qishda ochiq yerda ham oʻsadi). Qolganlari —3° —4° sovuqqa chidaydi.

Barcha Koʻkat ekinlarlar tor qatorlab ekiladi. Koʻkat ekinlar yetishtirishda mineral oʻgʻitlar deyarli qoʻllanilmaydi. Koʻkat ekinlar, asosan, dehqon xoʻjaliklari tomorqalarida yetishtiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil