Koʻkayoz botigʻi — Qizilqumning shim. (Navoiy viloyati)dagi botiq. Shim.gʻarbdan jan.-sharqga yoʻnalgan. Oʻz. 18–20 km, enioʻrtacha 2–3 km. Balandligi 160– 180 m. Koʻkayoz botigʻi shimolida qumli balandlik (225 m) joylashgan, jan. kumli tekislikdan iborat. Shimoliy yon bagʻri tikroq va zinapoyasimon pasayib boradi, koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Janubiy yon bagʻri ancha yotiq (10°) va tekislikka tutashgan. Botiqning tubi shoʻrxok bilan band. Shimoliy yon bagʻrida boʻr davri yotqiziklari yuzasi ochilib qolgan. Ular gipsli gil, mergel, alevrit, qumlardan iborat. Shoʻrxok qismining chekkalarini bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun egallagan. Qumli va choʻl tuproqlarda iloq, qoʻngʻirbosh, oq saksovul, joʻzgʻun tarqalgan. Koʻkayoz botigʻining gʻarbida Koʻkayoz qishlogʻi mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil