Koʻkboshchitir (Delphinium songoricum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi oddiy yoki ostki qismidan shoxlangan, boʻyi 15—20 sm. Yopirma barglari bandli, 3 boʻlakka ajralgan. Guli qiyshiq, gulkoʻrgʻoni och pushti. Gulyonbarglari mayda, bigizsimon, tukli. Gulbandi sertuk. Bargi sal egilgan, oʻz. 10– 15 mm. Urugʻi 1,2–2 mm. May — iyunda gullab, urugʻ tugadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi qumli yerdarda koʻp oʻsadi. Yem-xashak oʻsimlik.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil