Koʻkgumbaz masjidi
Koʻkgumbaz masjidi – Chashma majmuasida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Yodgorlik „Panjvaqta“ Koʻk Gumbaz masjididir.
Tarixi
tahrirMasjid XVI asrda Abdulloxon davrida qurilgan. Masjid yonidagi gulasimon baland minorali azonxona saqlab kolinmagan. Masjid ikki tomonlama ayvonli boʻlib, ayvondagi mehrobning guldor koshinlari va hoshiyador naqshlari bilinib turibdi. Keksalarning aytishlaricha, masjid asli nimrang, oq, moviy rang va qora fonga ishlangan havorang va oq mozaikalar bilan bezatilgan, bulardan faqat gumbaz ichidagi geometrik hoshiyalar saqlanib turibdi[1][2].
Taʼmiri
tahrirQiblaga qaragan masjid mehrobining ikkala tomonidagi chillaxona 1994-yilda tiklangan. Masjid oʻzining chillaxonasi borligi bilan boshqa masjidlardan ajralib turadi. Shoʻrolar davrida masjid faoliyati toʻxtatilgan, keyinchalik oʻlkashunoslik muzeyiga aylantirilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan masjid moʻmin musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini oʻtkazish uchun qaytarib berildi. 2009–2010-yillarda masjid toʻliq kapital taʼmirlanib, yetti milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib obod etildi[1].
Nurotaliklar Oʻtgan asrning boshida shaharda 32 ta masjid borligini taʼkidlagan. Nurotaning 4 guzarining har birida 7-8 tadan masjid boʻlgan. Koʻpincha Nurdagi masjidlar oʻzlaridan qadimiyroq yodgorliklar ustiga bunyod etilgan. Eskirgan, buzilib ketgan masjid oʻrniga yangisi qurilgach masjidning eski nomi esa saqlanib qolgan. Ularning deyarli barchasi oʻtgan asrning boshida qurilgan[1][3][2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Чашма — комплекс культовых сооружений Нураты“. 2016-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Комплекс «Чашма»“. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
- ↑ „Комплекс Чашма“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |