Nurota

Navoiy viloyatidagi shahar

NurotaOʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (19760-yildan). Oqtogʻning etagida, 524 metr balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Tinchlikda joylashgan (85 km). Nurota viloyat markazidan (Navoiy shahridan) 85 km. Aholisi 28,2 ming kishi (2005).

Nurota
shahar
40°33′54″N 65°41′06″E / 40.56500°N 65.68500°E / 40.56500; 65.68500Koordinatalari: 40°33′54″N 65°41′06″E / 40.56500°N 65.68500°E / 40.56500; 65.68500
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Navoiy
Tuman Nurota
Hukumat
Asos solingan 1976
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2005)
28 200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Nurota на карте
Nurota
Nurota
Nurota

Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab X asrda Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida Nur shaklida (shu yerdagi mashhur Nur chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Maqduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shaqar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (IX asr) sharafiga Nurota deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. Nur qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvoza hisoblangan. Nurota (qadimgi Nur) Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud chegarasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo yarim oroliga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (XI asr). Qadimgi tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220-yil yanvar) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli xon yoʻli nomi bilan ham yuritilgan. Nurota Somoniylar, Abdullaxon II davri (XVI asr) va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik istehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi „Nurotamarmar“ sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, „Nurbuloq“, „Nurobod“ aksiyadorlik jamiyatlariga qarashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Maktab, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, Chashma oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi (2003). Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud.

Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha xaridorgir boʻlib kelgan.

Nurotada antik davrda qurilgan Nur qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Pirosta mudofaa devori qoldiqlari va qadimgi korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi IV—III-asrlar), Chilustun jome masjidi (XIX asr —-XX asr boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582—1590 yillar), Sayidota, Oqmasjid, Bargsoʻz masjidlari (XIX asr oxiri — XX asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928-yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoiris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qadimgi Nur chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.[1]

Jome masjidi va buloq

AholisiTahrirlash

1979[2] 1989[3] 2005[4]
15 948 21 001 28 200

ManbalarTahrirlash

  1. Abdiyeva, Zulxumor; Rajabov, Qahramon. "Nurota" OʻzME. N-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Перепись-1979
  3. Перепись-1989
  4. Citypopulation