Xonbandi
Xonbandi — qadimgi suv ombori (X-asr). Hozirgi Jizzax viloyati Forish tumani markazidan 12-15 km shimolida, Pasttogʻ darasi ichiga qurilgan. Xonbandi Nurota togʻidan oqib chiqadigan Osmonsoy va Ilonchisoy sel suvlarini jamgʻarib, yozda ekinlarni sugʻorish uchun barpo etilgan. Xonbandi toʻgʻoni granit toshlar va suvga chidamli maxsus qorishmalardan ishlangan.
Abdullaxon bandi | |
---|---|
Joylashuv | Xonbandi shaharchasi, Forish tumani, Jizzax viloyati |
Turi | Suv toʻgʻoni |
Material | Granit toshlari va suvga chidamli maxsus qorishmalar |
Meʼmoriy uslubi | damba |
Balandligi | 15.25 m |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°30′33.15020″N 67°16′24.63636″E / 40.5092083889°N 67.2735101000°E |
Toʻgʻonning balandligi 15,25 m, uzunligi ustki qismida 51,57 m, asosida 24,35 m. Xonbandining uz. 1,5 km, eni toʻgʻon oldida 52 m, dara ogʻzida 200 m ga va suv sigʻimi esa 1 mln. 600 ming m3 ga teng boʻlgan. Xonbandi tufayli Qizilqumning Mirzachoʻl bilan tutashgan chegarasida taxminan 1,5 ming ga yer maydoni oʻzlashtirilgan.
Suv omboridan 6 km shimolida mustahkam rabot qad koʻtargan, uning xarobalari Kaltepa deb yuritiladi. Kaltepada olib borilgan arxeologik tekshirishlar bu kichik vohaning 10-asrda obod etilib, 12-asr oxirlarigacha hayet davom etganini aniqlab berdi. Suvni chiqarish uchun Xonbandi inshootining gʻarbiy chekkasida 9 ta quvur oʻrnatilgan. Ular oqib chiqadigan suvning dinamik taʼsiriga qarshi konussimon qilib ishlangan.
Xonbandi toʻgʻonning matematik oʻlchovlariga qaraganda uni bino qilgan 10-asr irrigatorlari mazkur inshootni qurishda toʻgʻon oldiga toʻplanadigan 16 m chuqurliqdagi suvning vertikal bosim kuchini hamda inshootni agʻdaruvchi gorizontal kuchni aniq muhandislik hisobi asosida belgilab chiqqanlar. Shuning uchun ham Xonbandi toʻgʻonining asosi yuqori qismiga nisbatan 4 baravar qilib ishlangan (qalinligi ostida 8 m, yuqorisida 2 m ga teng). Toʻgʻon maxsus loyiha asosida bino qilingan.
О‘rta Osiyoda eng qadimgi va eng mahobatli irrigatsiya inshooti sanalmish “Xonbandi tо‘g‘oni”ni juda katta mahorat bilan bunyod etishganlari kishini lol qoldiradi. XVII asr fransuz fizigi Blez Paskalning “Suvning bosim kuchi” tо‘g‘risida yaratilgan qonun kashfiyotidan 7 asr muqaddam Movarounnahrlik muhandislar tomonidan ushbu qonuniyat asosida qurilgan О‘rta Osiyodagi birinchi suv inshoati hisoblanadi.
Adabiyot
tahrir- Husanxoʻjayev 3. X ., Gidrotexnika inshootlari, T., 1968; Muhammadjonov A. R., Qadimgi suv inshootlari tarixidan,T., 1968; Muhammadjonov A. R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |