Paskal qonuni — gidrostatikaning asosiy qonuni. Paskal qonuniga koʻra, tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bergan bosim taʼsiri suyuqlik ichida barcha yoʻnalishlar boʻyicha bir xil uzatiladi, yaʼni tashqi kuchlarning suyuqlik sirtiga bosimi uning har bir nuqtasiga oʻzgarishsiz tarqaladi. Bu qonunni 1653-yilda B.Paskal aniklagan (1663-yilda eʼlon qilgan). Paskal qonunidan texnikada (xususan, gidravlik pressda) keng foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil