Koʻknordoshlar (Papaveraceae) — ikki pallali ayrim tojbargli oʻsimliklar oilasi. Koʻpchiligi oʻt. Barglari koʻpincha patsimon, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka yoki toʻpgulda yigʻilgan, aktinomorf, baʼzan zigomorf. Kosachabarglari 2 ta, tojbarglari 4 ta, urugʻchisi 2—4 ta yoki cheksiz, changchisi 2 ta. K.ning 600 tacha turi bor. Oʻzbekistonda 9 turkumi, 31 turi oʻsadi. K.ning moyli, opiyli (koʻknor), manzarali va boshqa turlari mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil