Koʻkpatos oltin koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻkpatos oltin koni - Oʻzbe kistonning gʻarbida Boʻkantov togʻlarining jan. yon bagʻrida joylashgan kon. Paleozoyning baʼzi joylarda mezo-kaynozoy davriga mansub boʻlgan hosilalar bilan yopilgan choʻkindi, terrigen-choʻkindi va vulkanogen metamorflashgan jinslar majmuidan tashkil topgan. Yirik antiklinal burmasi yadrosida arhar va koʻkpatos svitalariga mansub boʻlgan ohaktoshlar joylashgan. Koʻkpatos svitasi jinslari arhar svitasi ustida mos joylashib, turli slanetslar bilan almashinib turadigan tiniq, toʻq kulrang va qora yupqa va oʻrtacha qatlamli kremniy va kvarsitlarning linzalangan gorizontalidan iborat. Svitaning qalinligi 500 m dan ziyod boʻlib, ruda shu svitada mujassamlangan. Undagi asosiy minerallar — konsentra-torlar va tarkibida oltin boʻlgan arsenopirit va piritdir; oltinning bu rudalardagi miqdori taxminan teng.
Koʻkpatos oltin konik. ilk bor oltin koni sifatida Yu.V.Finkelshteyn va H.R.Rahmatullayevlar tomonidan aniqlangan. Kondagi endogen rudalar qiyin boyitiladi, oksidlanish zonasida esa oltin, asosan, sof holatda uchraydi va shu bois osonlik bilan qazib olinadi. Koʻkpatos oltin konik. dan foydalanish 1990—92 yillarda boshlandi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |