Koʻksaqich, koʻksagʻiz (Taraxacum koksagyz Rodin) — qoqioʻtdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Yer ostki qismi kam shoxlanadigan oʻq ildizdan (2—2,5 m), yer ustki qismi toʻp barglardan iborat. Barglari yaxlit yoki bir oz patsimon oʻyiq. Toʻpguli och sariq, sanatcha. Iyunda gullab, mevalaydi. Sharqiy Tyanshanning 1800—2100 m balandlikdagi yerdarida katta-katta maydonni egallaydi. Ildizidan olinadigan sutshirada 10—27% kauchuk, 30— 40% inulin bor. K. ildizida dastlabki 7 yilda kauchuk koʻp toʻplanadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil