Koʻp tirajli gazeta - muayyan tashkilot, muassasa yoki oliy oʻquv yurtlari qoshida taʼsis etilib, ularning asosiy mehnat faoliyatini yoritadigan matbuot turi. Oʻzbekistonda Koʻp tirajli gazetag. qonun asosida tegishli matbuot boshqarmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtgach, oʻz nizomi asosida ish yuritadi. Unda, asosan, oʻsha korxona (tashkilot yoki muassasa)ga tegishli xabar va yangiliklar, eʼlon va bildiruvlar, maqola va sharxlar chop etiladi. Aksariyat Koʻp tirajli gazetag. lar mehnat jamoasining milliy mansubligiga qarab, ikki yoki undan ortiqtillarda nashr etiladi. Mas, "Toʻqimachi" ("Buxorotekstil" kombinati nashri), "Udarnik" (Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi nashri). Ayni paytda bir qator nufuzli oliy oʻquv yurtlari ham oʻz nashrlariga ega. Boʻlar sirasiga "Shifokor", "Tibbiyotnoma" (1- va 2- ToshTI nashrlari), "Pediatr" (Toshkent pediatriya instituti nashri), "Texnika maskani" (ToshTU nashri), "Universitet" (Oʻzbekiston milliy universiteti nashri), "Moliyachi" (Toshkent moliya instituti nashri), "Til va dunyo" (Oʻzbekiston jahon tillari universiteti nashri) va boshqa kiradi. Shuningdek, ayrim oʻquv gaz,lari va axborot byulletenlari ham Koʻp tirajli gazetag.lar hisoblanadi. Masalan, Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetining "Jurnalist" oʻquv gaz.si, "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasining "ZARAFSHAN-NEWMONT" JV NEWS — Vestnik SP Zarafshan-Nyumont" axborot byulleteni va boshqa

Norali Ochilov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil