Koʻpelyasiya
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻpelyasiya (fransuzcha: „coupelle“ — togʻoracha, ajratish pechi) — asl metallar (oltin, kumush) ni qoʻrgʻoshindan, uni oksidlab eritish yoʻli bilan ajratish. Koʻpelyasiyada qoʻrgʻoshin va boshqa asl boʻlmagan metallar yuqori temperaturada havodagi kislorod bilan yengil oksidlanadi, bunda asl metallar oʻzgarmay qoladi. Probirka va metallurgiya usullari bor. Probirka analizida koʻpelyasiya metallning probasi (qotishmasidagi miqdori)ni belgilashda qoʻllanadi. Bunda koʻpelyasiya oʻtga chidamli gʻovak materiallar (suyak kuli, magnezit va boshqalar) dan tayyorlangan togʻorachada 850-900° temperaturada amalga oshiriladi. Metallurgiyada qoʻrgʻoshin bilan qotishmada boʻlgan asl metallarni alangali pechlarda 1000° temperaturada ajratib olinadi. Bunda pech tubidan kislorod puflanishi natijasida qoʻrgʻoshin va noasl metallar oksidlanadi. Oksidli aralashmalar eritma sirtidan maxsus idishlarga oqib tushib, pech tubida esa asl metallar qoladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |