Koʻpyoqli burchak - yoʻnaltiruvchisi bir tekislikda yotuvchi sodda koʻpburchakdan iborat boʻlgan koʻp yoqli konus ning bir pallasi bilan chegaralangan fazo qismi (ikki yokli burchak boshqacha aniqlanadi). Fazoda birorta tekislikda sodda koʻpburchak va koʻpburchak tekisligiga tegishli boʻlmagan S nuqta berilgan boʻlsin. S nuqta va koʻpburchakning birorta M nuqtasi koʻpburchak boʻyicha harakatlanib, uni toʻla bir marta aylanib, yana M nuqtaning boshlangʻich holatiga qaytsa, SM nurlar tashkil etgan sirt bilan chegaralangan fazo qismi Koʻpyoqli burchakni tashkil etadi. S nuqta Koʻpyoqli burchakning uchi deyiladi. Agar Koʻpyoqli burchakning hamma chiziqli burchaklari va hamma ikki yoqli burchaklari ham oʻzaro teng boʻlsa, u muntazam Koʻpyoqli burchak deyiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil