Bosh menuni ochish

Koʻr muzikachi

rus va ukrain yozuvchisi Vladimir Korolenko qalamiga mansub qissa

„Koʻr muzikachi“ (ruscha: Слепой музыкант) — rus va ukrain yozuvchisi Vladimir Korolenko qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1886-yil chop etilgan.

Koʻr muzikachi
Слепой музыкант
Muallif Vladimir Korolenko
Janr qissa
Til rus
Nashr qilingan yil 1886
Tarjimon Tojiboy Qosimov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1981
Sahifalar soni 144

Qissada onadan koʻzi ojiz boʻlib tugʻilgan isteʼdodli bola haqida hikoya qilinadi. Asarni oʻzbek tiliga Tojiboy Qosimov tarjima qilgan.

SyujetTahrirlash

Ukraina janubi-gʻarbida qishloqda yashovchi boy pomeshchiklar uyida koʻr bola tugʻiladi. Unga Pyotr ismini berishadi. Bolaning onasi hamda togʻasi Maksim bolakayga ovozlar maʼnosini va jismlarni ushlab aniqlashni oʻrgatadilar.

Pyotrda Evelinadan boshqa doʻsti boʻlmaydi. Ulgʻaygach ikkisining doʻstligi yanada kuchayadi. Pyotr Evelinaga uylanadi, juftlik oʻgʻil koʻradi. Otasi oʻgʻli ham koʻri boʻlishidan qoʻrqadi. Ammo bolasi soppa-sogʻ boʻladi.

Oradan uch yil oʻtib Pyotr musiqiy isteʼdodi tufdayli nom chiqaradi. Kiyevda koʻplab odam koʻr muzikachi ijrosini eshitish uchun toʻplanadi. Maksim Pyotr hayotni toʻliq his qilganiga amin boʻladi, bunga oʻz hissasini qoʻshganidan suyunadi.

QahramonlarTahrirlash

  • Pyotr – koʻr muzikachi
  • Maksim – Pyotrning togʻasi
  • Evelina – Pyotrning rafiqasi

Oʻzbekcha tarjimaTahrirlash

Asarni oʻzbek tiliga Korolenkoning 1953-yil „Pravda“ nashriyoti chop etgan „Asarlar“ toʻplamidan Tojiboy Qosimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1981-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: D. Bekilova – muharrir, A. Vizel – rassom, A. Gʻulomov – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, M. Yunusova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.