Koʻrish analizatori - odam va hayvonlarda koʻrish taʼsirotlari va axbortlarni qabul qilib, idrok etadigan va taqlil qilib beradigan murakkab neyrorotseptor sistema; asosiy analizatorlardgt biri. Koʻrish analizatori 3 qismdan iborat: retseptor yoki periferik, oʻtkazuvchi yoʻllar va koʻrish markazi yoki markaziy qism.

Koʻrish analizatorining birinchi qismi toʻr pardada joylashgan. Inson koʻzi 380 dan 760 nm gacha boʻlgan uzunlikdagi yorugʻlik nurlarini qabul qiladi. Koʻzga toʻshayotgan yorugʻlik nurlari shox pardada si-vadi, qorachiq orqali oʻtib, gavharda sinib, shishasimon tanadan oʻtib toʻr pardada joylashgan kolbachasimon va tayoqchasimon hujayralarga taʼsir etadi. Bu hujayralarda yorugʻlik energiyasi nerv qoʻzgʻalishi — impulsga aylanib, multipolyar va ganglioz hujayralarga, nerv tolalariga yetib boradi. Oʻtkazuvchi yoʻllar esa toʻr pardadan boshlanib, koʻrish nervi, xiazma, koʻrish trakti va bosh miya poʻstloq osti markazidan iborat. U yerdan markaziy neyron boshlanib, koʻrish yoʻllari bosh miyaning ensa boʻlagidagi poʻstloq qismi — Koʻrish analizatorining markaziga yetib boradi va shu joyda koʻrish sodir boʻladi.

Koʻrish analizatorining faoliyati markaziy nerv sistemasining nazorati ostida boshqariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil