Koʻrish pigmenti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻrish pigmenti - koʻz toʻr pardasining yorugʻlik sezuvchi hujayralari — tayoqchalar va kolbachalardagi struktur-funksional birlik. Koʻrinadigan yorugʻlik kvantlari Koʻrish pigmentida yutiladi. Koʻrish pigmenti molekulasi yorugʻlik yutadigan xromofor va ogtsin (oqsil va fosfolipidlar kompleksi)dan iborat. Vitamin A va A2 aldegid (retinal) yoki 32-degidroretinal barcha Koʻrish pigmenti uchun xromofor boʻla oladi. Koʻrish pigmentining quyidagi turlari bor: koʻrish purpuri (rodopsin), iodopsin, porfiropsin, sianops in. Retinaning fotoizomerdanishi koʻrish mexanizmida birlamchi fotokimyoviy zveno hisoblanadi. Egilgan retinal yorugʻlik taʼsirida yassi shaklga kiradi. Keyin koʻrish retseptori signalini vujudga keltiruvchi jarayonlar boshlanadi. Bu signal sivapelar orqali toʻr pardaning navbatdagi nerv elementlari — binolyar va ganglioz xujayralarga oʻtadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |