Koʻrlar maktabi - koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun internat maktabi tipidagi maxsus taʼlim-tarbiya muassasasi. Koʻrlar maktabi koʻrlar va zaif koʻruvchilar internat maktabiga boʻlinadi. Oʻzbekistonda birinchi marta 1920-yil nogiron (kar, koʻr, aqli zaif) bolalar uchun internat maktabi sifatida tashkil etilgan. Toshkentda zaif koʻruvchilar uchun 20 oʻquvchidan iborat maktab 1922-yil, alohida moslashtirilgan internat maktabi 1935-yil ochilgan. Koʻrlar internat maktabiga mutlaqo koʻrmaydigan, zaif koʻruvchilar internat maktabiga 0,05% gacha koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan bolalar qabul qilinadi. Koʻr va zaif koʻruvchilar respublika, viloyat va shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan tibbiy psixologik-pedagogik komissiyalar tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi va oʻqishga yoʻllanma beriladi. Koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus taʼlim-tarbiya Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997) asosida amalga oshiri-ladi. Koʻrlar maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga kiradi.

Koʻrlar maktabida 2 boʻlim mavjud boʻlib, 1-boʻlimda 10 yillik, 2-boʻlimda 11 yillik tayanch taʼlim beriladi. Koʻrlar maktabining boshlangʻich sinflarida oʻqish maxsus reja, dastur, daryolik va oʻquv qoʻllanmalari asosida, yuqori sinflarda normal maktablarning 5—9-sinflar darsliklaridan foydalanib olib boriladi. Koʻrlar internat maktabida har birsinfga 8 oʻquvchi, zaif koʻruvchilar internat maktabida 10 oʻquvchi qabul qilinadi. Darsliklar Brayl alifbosi (relyef-nuqta) asosida tayyorlanib bosiladi. Oʻquv rejasi, dasturi, daryolik va oʻquv qoʻllanmalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim markazining maxsus taʼlim boʻlimi tomonidan tayyorlanadi. Maktabning 2-boʻlimida oʻqiydigan zaif koʻruvchi bolalar daryo jarayonida turli texnika va kattalashtiruvchi optik vositalar, maxsus yoritqichlardan foydalanadilar. Koʻrlar maktabi oʻquvchilari doimiy ravishda koʻz vrachi, nevropatolog va boshqa vrachlar nazoratida boʻladi. Koʻrlar maktabi qoshida maktabgacha tarbiya boʻlimi mavjud boʻlib, ular maxsus maktabda oʻqish uchun tayyorlanadi. Koʻrlar maktabida maxsus usullar (ayniqsa, taʼlimning 1-bosqichida) keng qoʻllanadi. Asosiy eʼtibor ojizlik oqibatlarini tuzatish, davolash, fazoviy tasavvur va oriyentatsiyani ustirishga qaratilgan boʻladi. Oʻqishni tugatgan oʻquvchilar mehnat qilishlari yoki oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtiga kirib oʻqishni davom ettirishlari mumkin. 2000/2001 oʻquv yili boshi OʻzRda 7 koʻrlar internat maktabi (1369 oʻquvchi), 2 zaif koʻruvchilar internat maktabi (386 o'quvchi) ishladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil