Koʻrsodiq — mahalliy oʻrik navi. Daraxti baland, shox-shabbasi yoyilib oʻsadi. Barglari yirik. Mevasi oʻrtacha, 35—40 g, dumaloq. Poʻsti yupqa, sertuk, eti toʻq sariq, taʼmi xushxoʻr, suvli, shirin. Mevasi tarkibida 14—16% qand, 0,6—1,09% kislota, 23,8 mg % vitamin S bor. Danagidan oson ajraladi. Danagi yirik, magʻzi shirin. Koʻchati oʻtqazilgach, 7—8-yili hosilga kiradi, mevasi iyun oxiri — iyulning boshlarida pishadi. 30—40 yoshida tupidan 200-300 kg hosil olinadi. Mevasi, asosan, quritiladi (32—33% turshak tushadi), kompot, murabbo pishiriladi. Kasalliklarga chidamli nav. Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida, Fargʻona, Toshkent viloyatlarining togʻ oldi hududlarida ekiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil