Koʻsak chuvish mashinasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻsak chuvish mashinasi - paxta terish mashinasi va podborshchiklar yordamida terilgan paxtani, koʻrak terish mashinasi va terimchilar terib olgan koʻsaklarni chuvib, paxtasini xas-choʻp va boshqa aralashmadan tozalab, transport vositalariga ortadigan mashina. Oʻzbekiston "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi dala sharoitida ishlaydigan universal, zavonaviylashtirilgan UPX1,5E rusumli Koʻsak chuvish mashinasim. ishlab chiqaradi.
Koʻsak chuvish mashinasim. mexanizmlari 40—70 kVt quvvatli traktorlarning kuvvat olish vali (QOV)dan yoki 7,5 kVt quvvatli elektr dvigateldan harakatga keltiriladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Paxta yoki kusak pnevmatik yuklash konveyeriga uzluksiz oʻzatib turilali. Rastrubquvur orqali bu mas-salarni soʻrib, tishli baraban ga oʻzatadi va toʻr boʻylab oʻtkazib mayda xas-choʻplardan tozalaydi. Vakuum-klapan yordamida taʼminlash bunkeriga keladi. Bu yerda bir-biriga qarama-qarshi aylanayotgan taʼminlash valiklari tozalanadigan paxtalarni xas-choʻp ajratish barabaniga uzatadi, baraban esa paxtani toʻr ga ishqalab mayda xas-choʻplardan tozalaydi. Koʻsak uzatilayotganda barabanning parraklari koʻsaqlarni toʻrga ishqalab chiqadi va paxtasini chuvib, titadi. Baraban chala chaqilgan koʻsaqlarni parraqli chaqish barabaniga oʻzatadi. Paxta arrali barabandan choʻtkali baraban yordamida oladi va arrali barabanga oʻzatadi. Qaytarish barabani teskari tomonga aylanib, paxtadagi yirik xas-choʻplarni chiqindilar separatoriga urib tushiradi. Paxta arrali barabandan ajratish barabani yordamida olinib, ajratgichga tashlanadi. Barg ajratgich toʻr ichiga joylashtirilgan qoziqchali barabandan iborat. U yerda paxtadagi mayda aralashmalar ajratiladi. Tozalangan paxta ajratish barabaniga qayta tashlanadi, soʻngra vakuum-klapan orqali quvurga, keyin ventilyator hosil qilgan havo oqimi bilan transport vositasiga yuklanadi.
Arrali barabanga ilashmagan paxta boʻlaqlari aralashmalar bilan birga chiqindilar separatoridagi arrali barabanga toʻshadi; bu yerda paxta boʻlaqlari ushlab qolinadi, ishqalash choʻtkasi esa ularni yirik xas-choʻplardan ajratib chiqindilar separatoriga tashlaydi. Arrali barabandan paxta choʻtkali baraban bilan ajratib olinib, arrali barabanga tashlanadi. Bu yerda paxta qoʻshimcha tozalanadi. Arrali barabanga ilashmagan paxta xas-choʻplar bilan birga tishli kichik barabanga toʻshadi. Baraban tez aylanib toʻrga ishqalanib, paxtani choʻtkali barabanga tashlaydi. Paxta oʻz navbatida arrali baraban yordamida qisman tozalanib, arrali barabanga qaytariladi. Yerdan terilgan paxtani tozalashda baraban Koʻsak chuvish mashinasim.dan olib qoʻyiladi, toʻsiq oddiy toʻsiq bilan almashtiriladi.
Koʻsak chuvish mashinasim.ning ish unumdorligi: qoʻlda terilgan kusakni tozalashda 1,95 t/soat; koʻrak terish mashinasi bilan qushilgan holda ishlatilganda terilgan koʻrakni tozalashda 1,30 t/soat.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |