Koʻtarilish suv elektr stansiyasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻtarilish suv elektr stansiyasi (PES) — dengizlarning koʻtariluvchi suv energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi gidroelektr stansiya. Oy va Quyosh gravitatsion kuchlarining suv massasini tortishi natijasida dengiz sathi bir sutkada ikki marta: har kuni bir vaqtda dam koʻtariladi, dam pasayadi. Qirgʻoqdan uzoqda suv sathining oʻzgarishi 1 m dan oshmaydi, qirgʻoq yaqinida esa 13 m gacha borishi mumkin. PES, asosan, dengiz qirgʻogʻiga quriladi; bunda tabiiy (koʻrfaz) yoki sunʼiy yaratilgan koʻllar qirgʻogʻiga quriladi. Suv koʻtarilish va pasayish vaqtida dengiz bilan koʻl orasida suvning bosimlari farqi hosil boʻladi. Natijada gidroturbivaning ish gʻiddiragini va u orqali elektr energiya ishlab chiqaradigan gidrogeneratorlarning rotorini aylantiruvchi bosim vujudga keladi. PES daryo st-yasining birgalikda ishlashi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻladi; bunda daryo elektr st-yasi suv kutarilish kamaygan vaqtdagi PESda ishlab chiqariladigan elektr energiya kamayishini baranarlab turadi. Birinchi PES 1966-yilda Fransiyada Rans daryosi estuariga qurilgan. Rossiyada Barens dengiziga, XXRda Shanzay shahri yaqiniga qurilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |