Koʻza — roʻzgʻor buyumi; suv va boshqa suyuqliklar solish, tashish, saqlashda ishlatiladigan idish. Tagi va boʻgʻzi tor, qorni keng, dastali. Oʻrta Osiyoda sopol va m i s Koʻzalar keng tarqalgan. Aksariyat hollarda sopol Koʻzalar pishirilmasdan oldin chizib naqshlanadi. Sopol Koʻzaning ichi sirlanadi (sirlan-magani ham boʻladi). Sopol Koʻzaning koʻp ishlatiladigan dastasiz turi moʻndi deb ataladi. Mis Koʻza sopoldan tayyorlanganidan shakl jihatidan keskin farq qiladi. Mis Koʻza joʻmraksiz obdastani eslatadi: boʻyni ingichka, bir quloqli, qorni keng, pastga tomon kengayib boradi. Tagida keskin konusga oʻxshash pastak chambaragi bor. Murakkab shakldagi mis Koʻzaning avval ayrim boʻlaqlari quyilib, soʻng ular birbiriga qalaylanadi. Koʻzani koʻzagar kulol yoki miskar tayyorlaydi, boʻyama (sopol Koʻza) va uyma (metall Koʻza) naqshlar bilan bezatiladi. Metall Koʻza ning oltin, kumushdan ishlanib, kandakori naqshlar bilan bezatilgan, baʼzan qimmatbaho toshlar qadalgan namunalari respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.[1]

Yana q.Tahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil