Koʻzni harakatlantiruvchi nerv

Koʻzni harakatlantiruvchi nerv (Nervus oculomotorius) — bosh miya nervlarinnng 3-jufti. Tolalari oʻrta miyada joylashgan oʻzakdan boshlanib, miya oyoqchalarining ichki yuzasidan oʻtib, koʻz kosasining yuqori yorigʻi orqali koʻz kosasiga kirib, yuqori va pastki tarmoqdarga boʻlinadi. Yuqori tarmoqlarda yuqori qovoqni kutaradigan muskulga va koʻz soqqasining yuqori toʻgʻri muskullariga tarqaladi. Pastki tarmogʻi esa koʻzning ichki, pastki toʻgʻri hamda qiyshiq muskuliga tolalar beradi. Pastki tarmoqning tarkibidagi parasimpatik tolalar koʻz qorachigʻini siquvchi, kipriksimon tana muskuliga tarqaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil