Koʻrgazma — insonning moddiy va maʼnaviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hozirgi zamon K.lari maqsadlariga koʻra, savdo K.lari (asosan, tijorat maqsadida uyushtiriladi), maʼrifiy-targʻibiy (informatsion) K.lar (badiiy, ilmiy-texnika, sanoat, transport va boshqa sohalardagi yutuqlarni targʻib qilish); davriyligiga koʻra, muntazam oʻtkaziluvchi (har yili, bir, ikki, uch yilda bir marta va h.k.), nomuntazam oʻtkaziluvchi (yubileylar, kongresslar, qurultoylar yoki biror boshqa munosabat bilan), doimiy ishlaydigan K.lar; namoyish etiladigan ekspovatlar mazmuniga k oʻ r a, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan universal K., sanoat, qishloq xoʻjaligi, sanʼat va boshqalarning bir yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluvchi ixtisoslashgan K.lar; qatnashchilari tarkibiga koʻra, jahon, xalqaro, milliy, mintaqaviy va boshqalarga boʻlinadi.

Dastlabki sodda shakldagi K.lar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Bobil, Finikiya, Misr, Yunoniston, Rim kabi davlatlarda ayrim liniy xalq, bairamlarida oʻtkazilgan. Hozirgi mazmundagi K. Yevropada 16-asr oxirida paydo boʻldi. Yirik korxona (manufaktura)larning vujudga kelishi bilan mahalliy savdo K.lari paydo boʻldi. Bunday K.lar Parij (1763-yil), Drezden (1765-yil), Berlin (1786-yil), Myunxen (1818 i.) va Manchesterda (1843) tashkil qilingan edi. Manufaktura tizimidan mashinalashgan ishlab chiqarish tizimiga hamda umumilliy bozor muno-sabatlariga oʻtish davrlarida K.larning ahamiyati, ayniqsa, katta boʻldi. Ularda texnika sohasidagi yangiliklar ham namoyish etila boshladi. 18-asrning 60-yillaridan boshlab yirik umummilliy savdo-sanoat K.lari vujudga keldi. Shunday K.lar London (1761, 1767), Myunxen (1788), Peterburg (1829)da uyushtiriddi. K.larda savdo bitimlari tuzilar, iqtisodiy aloqalar yoʻlga qoʻyilar edi.

Umummilliy K.lar hozirgi paytda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan va jahondagi koʻpgina mamlakatlarda muntazam oʻtkaziladi. Milliy K.lar chet ellarda mamlakatlar oʻrtasida kelishuvga koʻra tashkil etiladi. Ayrim milliy K.lar savdo K.lari koʻrinishida (mas, AQShning London, Milan, Parij, Tokio va boshqa shaharlardagi savdo markazlari); namoyish zallari koʻrinishida tashkil etiladi.

19-asr 2-yarmidan boshlab xalqaro sanoat K.lari munosabati bilan maxsus pavilon va inshootlar qurila boshladi. Ularning oʻzi ham K.lar oʻtkazish jarayonida ekspovat vazifasini oʻtaydigan boʻldi (Londondagi Billur saroy, Parijdagi "Mashinalar galereyasi", 1889) va boshqa Keyinchalik pavilon, ekspovatlar joylashtirilgan maydonlar suv havzalari, favvora, gulzor, koʻkalamzorashtirilgan atrof muhit bilan uygʻunlashgan meʼmorlik majmuasiga aylantirildi. Xalqaro K.lar pavilonlari meʼmorligi har bir mamlakat ekspozitsiyasining gʻoyaviy mazmunini ochishga xizmat qiladi.

Xalqaro savdo erkinligini targʻib etish maqsadlarida birinchi xalqaro sanoat K.si (birinchi Umumjahon K.) Londonda 1851-yildatashkil etildi. 1851-yildan 1958-yilga qadar mamlakatlarning iqtisodiyot, fan, texnika, madaniyat, sanʼat sohalaridagi yutuqlari namoyish etilgan 36 universal jahon K.lari oʻtkazildi: Nyu-York (1853, 1939), Parij (1855, 1867, 1878, 1889, 1890, 1900, 1937), London (1862, 1886, 1908), Vena (1883), Filadelfiya (1876, 1926), Sidney (1879), Melburn (1880), Chikago (1893. 1933,1934), Bryussel (1897, 1910, 1935, 1958), Buffalo (1901), Glazgo (1901), Sent-Luis (1907), Lyej (1915), Gyoteborg (1923), Uembli (1924/ 25), Barselova (1926), Antverpen (1930), Port-oPrens (1948).

1958-yildan boshlab Umumjahon K.lari "EKSPO" nomini oldi. Bryusselda oʻtkazilgan "EKSPO—58"da 52 mamlakat qatnashib, eng yangi markadagi avtomobillar, elektron uskunalar, avtomatik liniyalar maketlari, rangli televizorlar, xotira mashinasi kabi ixtirolar namoyish etildi.

1970-yilda birinchi bor "EKSPO" K. Osiyoda — Osaka (Yaponiya) shahrida "Insoniyat uchun taraqqiyot va uygʻunlik" shiori ostida oʻtkazildi. Unda 76 ta mamlakat qatnashib, tashrif etuvchilar soni 64,2 mln. kishiga yetdi.

70-yillardan ixtisoslashtirilgan "EKSPO"lar ham uyushtirila boshlandi. "EKSPO-74" Spokana shahrida (AQSH) atrof muhit muammolariga, "EKSPO-75" Okivana shahrida (Yaponiya) Jahon okeani muammolariga bagʻishlandi. Oxirgi "EKSPO-2000" umumjahon K.si 2000-yil Gannoverda "Inson—Tabiat—Texnika" shiori ostida oʻtdi. Mazkur K.da 173 ta mamlakat, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi ham qatnashdi.

Fan va texnikaning yanada rivojlanishi, ishlab chiqarishning kengayishi va ixtisoslashib borishi sharoitida xalqaro ixtisoslashgan savdo K.larining ahamiyati ham ortib bordi va ular 20-asr da umumtarmoq K.lari oʻrnini egallay boshladi.

Hozirgi xalqaro savdo K.ning koʻpchiligi ixtisoslashgan K. hisoblanadi. Oʻz maqsadlari, ishtirok shartlari va eksponentlarga beriladigan huquklariga koʻra, ular xalqaro yarmarkalarga yaqin turadi. Bunday K.lar turlicha nomlanadi (mas, Fransiyada — salonlar va yarmarkalar; Italiyada — salonlar, K., yarmarkalar; GFRda yarmarkalar va K.,). Xalqaro savdo K.lari xalqaro savdoning rivojdanishiga yordam beradi.

Turkiston oʻlkasida tashkil etilgan K.larning ham oʻz tarixi bor. Bu oʻlkadagi dastlabki K.larda hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari namoyish etilgan. Amir Temur davrida oʻziga xos savdo K.lari tashkil etilgan. Samarqandning Konigil maydonida 400 tacha savdo paviloni (doʻkoni) boʻlib, ularda hunarmandlarning turli mahsulotlari, roʻzgʻor buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotilgan. Turkiston Rossiyaga qoʻshib olingach, hunarmandchilik va dehqonchilik K.lari bir necha marta tashkil etilgan. Toshkent shahrida birinchi marta maxsus sanoat va qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi 1870-yilning yozida uyushtirilgan. Shu yili kosiblar sanʼati bilan tanishtirish maqsadida Turkiston oʻlka manufaktura K.si ochildi. Toshkent qishloq xoʻjaligi va mahalliy sanoat K.si (1878), Turkiston oʻlka qunarmandlik va sanoat K.si (1886), Turkiston oʻlka qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari K.si (1890) ayrim mahalliy yutuqlarni ommalashtirish maʼlum darajada rol oʻynaydi. Samarqand (1893), Toshkent (1894) K.lari eksponatlari jihatdan universal boʻlgan. 1900-yilgi Samarqand K.si ipakchilik va asalarichilikka bagʻishlangan edi. Keyin oʻtkazilgan yirik K.larning soʻngisi 1909-yil 10-sentabrdan 15 oktabrgacha davom etgan Turkiston oʻlka K.si boʻldi. U Toshkent shahrining hozirgi Amir Temur xiyobonida tashkil qilinib, unda q.h. va mahalliy sanoat maqsulotlari namoyish etildi, maxsus yoʻl koʻrsatkich bosib chiqarildi, "K. axborotnomasi" gaz. nashr qilindi (gaz.ning jami 17 ta soni chiqqan).

20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy K.lar oʻtkazildi. 1964-yil oktabrda Toshkent shahrida 60 gektar maydonni egallagan, doimiy ishlaydigan Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligi yutuqlari K.si ochildi. Oʻzbekiston sobiq Ittifoq qatnashgan Parij (1939), Nyu-York (1939), Bryussel (1958), Monreal (1967), Osaka (1970) shaharlaridagi jahon K.larida Ittifoq tarkibidagi respublika sifatida qatnashgan. Shunda ham Oʻzbekistonda chiqarilgan tovarlar, mahsulotlar oʻzbek xalqining anʼanaviy kasbkorlari yuqori baho olgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, K.lar tashkil qilishga alohida eʼtibor berila boshladi. Ularning eng yiriklari "Oʻzekspomarkaz" (Respublika savdo-koʻrgazma markazi), Rassomlar uyushmasiga qarashli "Hamar" K.lar zali, "Oʻzkoʻrgazmasavdo" (Respublika yarmarka savdosi markazi) hisoblanadi. Oʻzbekistonning bosh K.si — "Oʻzekspomarkaz" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan, sobiq Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligigi yutuqlari koʻrgazmasi asosida 1992-yilda tashkil etildi (yana qarang Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmalari).

Adabiyot tahrir

  • Chabrov G.I., Turkestan va vserossiyskom i vsemirnix vistavkax (1867— 1914 gg.), [Trudi SAGU], T., 1958; Osnovi vistavochnogo dela, M., 1980.

Baxtiyor Ermatov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu kanalga joylandi https://t.me/kurgazmalar