Koba karvon saroyi
Koba karvon saroyi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan qadimiy arxeologik yodgorlik. Koba karvon saroyi shuningdek Koba eski karvon saroyi nomi bilan ham mashxur boʻlgan. Karvon saroy 16-asrda qurib bitkazilgan. Bugungi kunda karvonsaroy UNESCO Umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan boʻlib, davlat muhofazasiga olingan.
Koba karvon saroyi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Koba eski karvon saroyi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | karvon saroy |
Manzili | Zingiron MFY |
Shahar | Shahrisabz |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°03′19″N 66°49′40″E / 39.05515537°N 66.82782251°E[1] |
Qurilishi boshlangan | 15-asr oxiri |
Qurilishi tugagan | 16-asr boshi |
Tarixi
tahrirTarixiy manbalarga koʻra, karvonsaroy 15-asr oxiri 16-asr boshlarida qurib bitkazilgan. Karvonsaroy shaharning markazida joylashgan boʻlib, chor atrofida koʻplab tarixiy yodagorliklar joy olgan. Mazkur karvonsaroy yaqinida bozor oʻrin olgan boʻlib, bu yer asosan shahar ichiga oʻtuvchi shuningdek, bozorga keluvchi karvonlar toʻxtaydigan joy vazifasini ham oʻtagan. Shuningdek, maʼlum muddat mehmonxona sifatida ham foydalanilganligi haqida maʼlumotlar mavjud.
Tuzilishi
tahrirKoba karvon saroyi tarkibida Abdushukur ogʻaliq masjidi ham joylashgan. Choʻpkori imoratning berk xonaqosi, uch tomondan ayvon bilan oʻralgan. Mazkur ayvonlar tomi oʻn ikki ustun asosiga joylashtirgan.
Ayvon devorida kufiy xati asosida „Tayyiba“ kalimasi yozilgan. Bu bitiklar jigarrang boʻlib, ularning yuqoriroq qismida masjid qurilgan yillari: 1304-1886/1889 deb yozilgan[2].
Muhofazaga olinishi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligidan soʻng karvonsaroyda bir qator taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Karvonsaroy bugungi kunda ham oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Karvonsaroy davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga ham kiritilgan.
Shuningdek, mazkur obyekt Shahrisabzdagi UNESCO Umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan yana bir qadimiy qadamjo hisoblanadi[3].
Boshqa nomlar
tahrirQamashi tumanida Koʻba nomli qishloq ham mavjud. Bu soʻz moʻgʻul tilida gobi — oʻti kamroq, toshli va qumli dala, dasht shuningdek maydoni choʻl boʻlgan hudud maʼnosini ham anglatadi. Ayni shunday hududda bunyod etilgani sababli ham qishloq nomi Koʻba deb ataladi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Koba eski karvon saroyi“. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 329-bet. ISBN 978-9943-4510-6-3.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ Nafasov, To'ra. Qashqadaryo qishloqnomasi. Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 148-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.