Kobra effekti
Kobra effekti — maʼlum bir muammoni hal qilish uchun qabul qilingan yechim bu muammoni hal qilmasdan, koʻpincha uning aksi boʻlgan natijaga olib keladigan vaziyatni tavsiflash uchun ishlatiladigan idiomatik iboradir[1][2].
Tarixi
tahrir„Kobra effekti“ atamasi Hindistondagi Britaniya mustamlakachiligi davrida paydo boʻlgan. Inglizlar kobralar juda koʻpayib ketganini aniqlaydilar. Zaharli ilonlardan qutulish uchun gubernator har bir oʻldirilgan ilon boshi uchun mukofot puli tayinlaydi. Dastlab, ularning yoʻq qilinishi natijasida ilonlar soni tezda kamayadi. Biroq, hindlar tezda bu vaziyatga moslashib, mukofotni puli olish uchun kobralarni koʻpaytirishni boshlaydilar. Oxir-oqibat, oʻldirilgan kobra uchun mukofat puli bekor qilinganda, hindlar ilonlarni yovvoyi tabiatga qoʻyib yuborishdi. Buning natijasida zaharli kobralar soni kamaymayish oʻrniga, avvalgisidan ancha koʻpayib ketadi.
Shunga oʻxshash vaziyat Xanoyda Fransiyaning Vetnamdagi mustamlakachilik davrida ham sodir boʻlgan. Mustamlaka hukumati har bir oʻldirilgan kalamush uchun mukofot toʻlagan holda kalamushlarni yoʻq qilish dasturini ishlab chiqadi. Natijada aholi pul topish maqsadida kalamushlarni koʻpaytirishni boshladi[3].
Mashhur nemis iqtisodchisi Horst Zibert[2] kitobida iqtisod va siyosat sohasiga oid koʻplab misollar mavjud. Unda hukumatlar muayyan tartibga solish choralarini koʻrayotganda, bu shaxslarga qoʻllangan choralar oqibatini qanday qilib boshqarish mukinligini toʻliq hisobga olmaydilar. Muammoni toʻgʻri tahlil qilmasdan qabul qilingan va kerakli natija bera olmaydigan qarorlar „kobra effekti“ deb ataladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Буренин А. „Эффект кобры. Целеполагание – стержень бюджетной политики“ (ru). Политический журнал. 2013-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-yanvar. (Wayback Machine saytida 2013-05-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 Хорст Зиберт. „Эффект кобры: Как избежать заблуждений в политике /Пер. с нем.“ (ru). М: Новое издательство, 2005. 2012-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-yanvar.
- ↑ Vann, Michael G. Of Rats, Rice, and Race: The Great Hanoi Rat Massacre, an Episode in French Colonial History(ingl.) // French Colonial History : journal. — 2003. — Vol. 4. — P. 191—203. — DOI:10.1353/fch.2003.0027.