Kobuliy (taxallusi; asl ismi Mir Sayd) (15-asr) — shoir. Kobul amirlaridan boʻlgan shayx Abu Saidning oʻgʻli. Alisher Navoiyning togʻasi. Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasida K.ning sheʼriy isteʼdodi yuqori boʻlgani, sheʼrlarining aksariyati turkiy tilda ekanligini alohida taʼkidlab koʻrsatgan. Navoiy tazkirasi orqali bizga K.ning bir tuyugʻi yetib kelgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil