Moʻminov Kodir (1947.14.10, Toshkent) — raqqos, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Oʻzbek xoreografiya bilim yurtini (1969), Moskva teatr sanʼati institutini (1979) tugatgan. 1969—70 yillar Navoiy teatrida raqqosbaleron, 1971—75 yillar "Shodlik" ansamblida yakkaxonraqqos, 1979—89 yillar badiiy rahbar, bosh baletmeyster, 1994-yildan Oʻzbekiston davlat ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar, bosh baletmeyster. M. rake usuli va tasviriy vositalarining anikligi, ijro etilayotgan raqs maz-munini tomoshabinga osonlik bilan yetkaza bilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Raqqos sifatida "Choʻpon", "Andijoncha", "Lagan", "Soʻnmas dovyurak", "Xorazmcha", "Dashnobod", "Baliqchi va baliqcha", "Doʻstlik", "Tohir va Zuhra" (D. Jabborova bilan) kabi raqslarni ijro etgan. "Sayil", "Katta oʻyin", "Soqiynomai savti kalon", "Qashqarchai moʻgʻulchai dugoh", "Oʻzbekiston vatanim mening", "Zarafshon vohasi raqslari", "Buxoro naqshlari" kabi raqs-syuitalar, "Dilxiroj", "Gulla-yashna hur Oʻzbekiston", "Zilola", "Norim-norim", "Andijon polkasi", "Baxtiyor yoshligim" va boshqa raqslarni sahnalashtirgan. M. hakida "Mardimaydon" (1990) filmi suratga olingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil